Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • Maktab jamoasi
  • 29-09-2023, 15:19

"1-oktabr - o`qituvchi va murabbiylar bayrami"

"1 - oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlash joiz.
Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini sochadigan, o'z o'quvchilariga hayot maktabini beradigan mo'tabar zot - o'qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin, deymiz!
Haqiqatan ham, ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.
Istiqlol egalari bo’lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazishda o’qituvchi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o’g’il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo’lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo’lib yetishishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.
Bu ulug` va sharafli ayyom bizning maktab jamoamizda ham ajoyib kayfiyatda nishonlandi. o`quvchilar qo`llarida gul va sovg`alar bilan ustoz-murabbiylarni qarshilab olishdi. Ertalabki xushkayfiyat kun davomida barchani birdek baxtiyor qildi. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp24-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili