Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 23-10-2023, 12:27

"21-oktabr - Til bayrami kuni"

Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. 

Ma'lumki, yurtimiz bo'ylab har yili 21 oktyabr` kuni til bayrami sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu sanada ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berildi hamda Respublikamiz Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.

Til bayrami munosabati bilan 24-son maktabimizda ham Til –millat ko'zgusi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbiri  o'tkazildi.


Unda maktab direktoriO`IBDO`, MMIBDO`, maktab psixologi va fan o'qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda  o'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini tubdan oshirish, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug' ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash,  Ona tiliga e'tiborni, mehr-muhabbatni kuchaytirish, tilimizni mukammal bilishga, milliy o'zlikni anglashga, qadriyatlarni e'zozlashga o'rgatish,  Ona tili millat ma'naviyatining ko'zgusi ekanligi e'tirof etildi.


Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Kitoblar yarmarkasi” ham tashkil etildi. 



Ushbu til bayramiga bag`ishlangan tadbir o`quvchilarning she`r-bahrubaytlaridan, topqirlik va zukkolikka doir msuobaqalaridan,shuningdek bayram tadbiri yanada qizg`in va jo`shqin kayfiyatda o`tishi uchun kuy va qo`shiqlar ham bo`lib o`tdi.

 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp24-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili