Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 10-11-2023, 12:08

"Yashil makon" dasturi bo`yicha amaliy ishlar

"“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil 25-oktabrdan 1-dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi, uning doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan 2021-yil noyabr oyidan boshlab har yili 200 mln tup (kuzda 85 mln, bahorda 125 mln) daraxt ekish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Yig‘ilishda shu davrda 1,2 ming gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 mln gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etilgani ma’lum qilindi.



Shu masala yuzasidan bizning maktab jamoamiz ham rahbar boshchiligida maktab bog`iga turli xil mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekib o`z hissalarini qo`shishdi. Quyidagi fotosuratlarda "Yashil makon" loyihasi doirasida bajarilgan amaliy chora-tadbirlar va ishlar samaradorligini ko`rishimiz mumkin.


Bu ishlar ko`lamida maktab bog`i atrofidagi sho`r yerlar tuproqi oldirilib o`rnida mevali daraxtlar ko`paytirilishi rejalashtirildi. Shunga binoan yaqin kelajakda bu ishlarning natijasini ko`rish umidida turli xil mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekildi. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp24-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Maktab manzili