Hazorasp tuman 24-son umumiy o`rta ta`lim maktabida “Birinchi qo`ng`iroq” tadbiri va yangi o`quv yilining ilk kuni
2023-2024-o`quv yilining ilk kuni barcha maktablardagi singari bizning maktabimizda ham “Birinchi qo`ng`iroq” sadolari va “Yangi hayot uchun, yangi O`zbekiston uchun” shiori ostida ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi. Tadbir avvalida albatta davlatimiz madhiyasi yangrab barcha o`quvchi o`qituvchilar ,ayniqsa, yangi kelgan o`quvchilarga o`zgacha shukuh bahsh etdi.

Tadbirni maktabimiz rahbari Rayxon Sapayeva avvalo mustaqilligimizning 32 yilligi va yangi o`quv yili bilan barchani tabrikladilar. O`quv yili jarayonida omad – muvaffaqiyatlar, yutuq va zafarlar tiladilar.
Ushbu tadbir ayniqsa o`quvchilarning qo`shiq va raqslari bilan yanada fayzli kechdi.

Tadbir tugagach, barcha o`quvchi va o`qituvchilar o`z sinf xonalariga kirib ilk avval mustaqillik darslarini utishdi. O`quvchilarning quvonch va ishtiyoqlari ularning ko`zlarida shundoqqina bilinib turardi.
Shu jumladan,1-sinfga yangi qabul qilingan o`quvchilarni sinf rahbarlari o`z sinf xonalari bilan tanishtirdilar. Maktabimiz rahbari esa o`quvchilarga prezident sovg`alarini topshirib ularga yaxshi baholarga o`qishlarini tiladi.