24-son maktabida olib borilayotgan to`garaklar
O'quvchi yoshlarga g'amxo'rlik qilish ishlarini yanada kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash, jismonan va har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan sog'lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida maktabdai boshlang`ich va yuqori sinflarda turli xil to'garaklar tashkil etildi va har kunlik to`garaklar jadvali yaratilib o`quvchilar jalb qilindi.
Shulardan bazilaridan quyida fotolavhalar bilan bo`lishamiz :

Bunda 2-b sinflarda matematika savodxonligi bo`yicha tashkil etilgan to`garak. Ushbu fotolavhada o`quvchilarning aktiv qatnashishlari va deyarli barcha o`quvchilarning bu fanga qiziqishlari, ishtiyoqlari baland ekanligini ko`rishimiz mumkin.


Ushbu suratlarda esa 4-a sinfda ona tili fanidan mustahkamlovchi to`garakda o`quvchilarning qanday qatnashayotganliklarini ko`rishimiz mumkin. Ustozlarining to`garakda ona tilidan darsda o`zlashtirilishi murakkabroq bo`lgan mavzularni osonlashtirib turli xil qiziqarli metodlardan foydalanib o`rgatyotganining guvohi bo`lishimiz mumkin.

Bu esa yuqori sinf o`quvhilari orasida tashkil etilgan texnologiya fani to`garagidan fotolavha. Ko`rib turganimizdek ushbu suratda o`quvchilar texnologiya fanidan amaliy mashg`ulotlar bilan bandlar. Qizlarning pazandalik mehmondorchilik qiziqishlariga oid mahorat darslari o`rgatilmoqda. Bu ,albatta, o`z navbatida qizlarning kelajak hayotlarida ham as qotadi. Texnologiya to`garaklarida nafaqat qizlar, balki o`g`il bolalar ham o`z qiziqishlari doirasida hunarmandchilik va duradgorlik mahoratlarini ko`rsatishga harakat qilishdi. Bu fan o`quvchilar orasida ayniqsa qiziqishlari va ishtiyoqlari yuqori bo`lgan to`garaklar qatoriga kiradi. Shu sabab o`gil bolalar va qiz bolalar juda aktivlar.